Navoiy va Jizzax viloyatlarida noqonuniy pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi.
Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi. Olingan xabarga ko‘ra amalga oshirilgan tezkor harakatlar davomida Navoiy shahar I.Karimov ko‘chasi avtomobillar uchun mo‘ljallangan turargohda, Yu. N. ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasida 24 blok (jami 240 quti) 13 200 dona “TRENIYA” yozuvli pirotexnika buyumlarini sotish maqsadida kelgan vaqtda qo‘lga olinib, ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlashtirildi.
Ushbu holat yuzasidan hozirda masʼul xodimlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shu kabi tezkor tadbirlar Jizzax viloyatida ham o‘tkazilib, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan olingan maʼlumotga asosan Jizzax shahri “Zilol” mahallasi hududida fuqaro I.A. umumiy qiymati 2 700 000 so‘mga baholangan 150 quti (har biri qutida 55 donadan jami 8250 dona) “Treniya” nomli pirotexnika buyumlarini kelgusida sotish maqsadida olib yurgan vaqtida ushlangan va ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.