Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“NAVOIY VA YОSHLAR”

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida sheʼriyat mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, davlat arbobi mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab “NAVOIY VA YoSHLAR” mavzusida maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Nafaqat milliy adabiyotimiz, balki jahon adabiyotidan ham munosib o‘rin egallagan buyuk ijodkor Mir Alisher Navoiyning tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimov va Aktrisa Gulnoza Sayidovalar, shuningdek Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod tumani o‘quvchi-yoshlari hamda Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchi va xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida taklif etilgan mehmonlar so‘zga chiqib, Alisher Navoiy hayoti va ijodiga yaqindan to‘xtalar ekan, uning g‘azallari va ruboiylaridan misralar keltirishdi .

Shuningdek, maktab o‘quvchilari va universitet talabalari o‘zlarining tayorlab kelgan sahna ko‘rinishlari va Navoiy g‘azallaridan ijro etishdi. Ijro etilgan sahna ko‘rinishlari, kuy-ko‘shiklar, g‘azal va ruboyilar harbiy xizmatchi va yoshlarga hamda mehmonlarga manzur bo‘ldi.

Marosim so‘ngida mehmonlar va o‘quvchi yoshlarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar tantanali topshirildi.

Shundan so‘ng, tadbir munosabati bilan yoshlar o‘quv markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi va bevosita mashg‘ulot jarayonlarini kuzatishdi. Ayniqsa, saf maydonida Namunali ko‘rgazmali orkestr jamoasi, Faxriy qorovul batalyoni hamda muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmali chiqishlar yoshlarda juda katta qiziqish uyg‘otdi.

Text to speech