Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Navoiy viloyatida uloq-ko‘pkari musobaqalari o‘tkazildi.

Mamlakatimizda ot sportini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, chavandozlar maktablarini tashkil etish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan, chavandozlari elga tanilgan Navoiy viloyati Navbahor tumani “Yangi kuch” MFY da Navoiy viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi, Uloq-ko‘pkari federatsiyasi bilan hamkorlikda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i kubogi o‘tkazildi. Ushbu musobaqaga butun respublikamiz bo‘ylab 200 nafarga yaqin epchil va mohir chavandozlar tashrif buyurishib, sovrin uchun kurash olib bordilar. Dastlab homiylar tomonidan qo‘yilgan sovrinlar uchun boshlangan dastlabki kurashlarda polvonlar epchillik bilan harakat qilishib, kuchlilarga sovrinlarni olish nasib etdi. Kubok uchun boshlangan shiddatli va murosasiz bahslarda esa navbahorlik Jo‘rabek polvonning qo‘li baland kelib, boshqarma boshlig‘ining kubogi sohibiga aylandi. Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan ushbu musobaqada polvonlarimiz ot ustida o‘z mahoratlarini ko‘rsatishlari barcha tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Albatta, bu kabi sport o‘yinlari yoshlarni ot sportiga qiziqishini orttirib, sog‘lom avlod bo‘lib yetishishida muhim rol o‘ynaydi.

Text to speech