NAVOIY VILOYATIDA ILK BOR OT SPORTINING 3 TA TURI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI.
Milliy qadriyatlarimiz sanalmish ot sportining barcha turlarini rivojlantirish, ularni jahon arenalarida munosib o‘rinni egallashlari uchun tizimda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 6 sentyabr kuni Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda xodimlar va uyushmagan yoshlar o‘rtasida ot sportining “polo”, “ot ustida kurash” va “ot poygasi” turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Ishtirokchilarning o‘z otlari ustida qilgan mohirona harakatlari hamda bajargan amallari barcha tomoshabinlarda o‘zgacha qiziqish uyg‘otdi. O‘z ustida muntazam ravishda shug‘ullanib kelgan chavandozlar musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni O‘rinov Shavkat, 2-o‘rinni Islomov Izzatbek hamda faxrli 1-o‘rinni Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi 3-darajali serjant A.A.Ablayev egalladilar. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.