Navro‘z bayrami munosabati bilan poytaxtimizning Olmazor tumanida sportning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Tuman birinchiligi o‘tkazildi.
Hozirgi kunda Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi” tomonidan Olmazor tumanida joylashgan o‘ndan ortiq maktablarda sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha bepul to‘garaklar tashkil qilingan va mazkur to‘garaklarda muntazam ravishda yoshlarga Institutning malakali sport ustalari tomonidan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 19-20 mart kunlari poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan 326-maktabda Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Professional va Havaskor K-1 federatsiyasi bilan hamkorlikda sportning K-1 yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Olmazor birinchiligi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada jami 300dan ortiq yoshlar ishtirok etdi. Xususan, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti qoshida ochilgan to‘garaklardan 44 nafar sportchi turli hil vaznlarda ishtirok etib, ulardan 36 nafari faxrli o‘rinni hamda 8 nafari faxrli o‘rinni egallashdi.
Musobaqa yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.