O‘z mol-mulkingiz xavfsizligiga befarq bo‘lmang - Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasining ishonchli xizmatlaridan foydalaning.
Joriy yilning 22 aprel kuni soat 18:20 atrofida Navoiy viloyati Uchquduq tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan markaziy dehqon bozori ish faoliyatini boshlagunga qadar hududni tekshirib yurgan vaqtda ko‘chada katta xarid xalta ko‘targan shubhali shaxs qo‘lga olindi.
Dastlabki surishtiruv davomida qo‘lga olingan shaxs tomonidan bozor hududida joylashgan do‘kondan 25 quti tamaki mahsulotlari o‘g‘irlangani aniqlangan.
Huquqbuzar do‘kon oynasini sindirish orqali ichkariga kirib, o‘z rejasini to‘siqsiz amalga oshirgan, chunki do‘kon qo‘riqlov signalizatsiyasi bilan jihozlanmagan edi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari Uchquduq tumani IIB tomonidan olib borilmoqda.