Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti yoʻlida yetuk va zamon talablariga mos rahbar kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shunday dolzarb maqsadlar sari qadam tashlab, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini taʼminlashdek muqaddas burchni zimmasiga olgan yana bir guruh yosh ofitserlar bugun sharafli xizmat yoʻliga kuzatildi.
Unda Milliy gvardiya qoʻmondoni general-polkovnik B. Tashmatov tomonidan Jamoat xavfsizligi universitetining magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplom hamda koʻkrak nishonlari, shuningdek, buyuk davlat arbobi Amir Temurning davlat boshqaruvi, adolat va harbiy sanʼati toʻgʻrisidagi bebaho merosi jamlangan "Temur tuzuklari" kitoblari tantanali ravishda topshirildi.