NOQONUNIY YO‘L BILAN PUL TOPISHNI O‘YLAGAN SHAXS QO‘LGA OLINDI
Joriy yilning 24 aprel kuni Samarqand viloyatida olingan xabarga ko‘ra Milliy gvardiya hamda viloyat prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro U.P. oldindan kelishilgan fuqaro X.D.ga 2.590 AQSH dollarini 27.454.000 so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida ushlanib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani departamenti surishtiruv bo‘limi tomonidan fuqaro U.P.ga nisbatan O‘z.Res JK ning 177-moddasi
2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.