Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Davom etayotgan bayramona tadbirlarda aholimizning yuqori kayfiyati va osoyishtaligi taʼminlanmoqda

Mamlakatimiz aholisi Yangi 2023 yilni bayramona va yuqori kayfiyatda kutib olishdi.

Toshkent shahrining o‘zida 19 ta va respublikamiz bo‘ylab 256 ta joyda Yangi yil archalari bezatilib, ommaviy bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi.

Bayram tadbirlarida jamoat tartibini buzish huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari qayd etilmadi. Hozirda Respublika hududida jamoat tartibini saqlash tadbirlariga Milliy gvardiya va hamkor vazirliklardan yetarlicha shaxsiy tarkib jalb qilingan.

Yurtimiz aholisi va mehmonlariga bayramona tadbirlar mobaynida jamoat tartib-qoidalarga rioya qilgan holda, osoyishtaligimizga qo‘shgan xissalari uchun, Milliy gvardiya qo‘mondonligi o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, davom etayotgan ommaviy tadbirlar tinch va bayromana ruhda o‘tishiga ishonch bildiradi.

Milliy gvardiya va hamkor vazirliklar tomonidan yurtimiz bo‘ylab tashkillashtirilayotgan bayram tadbirlarida, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari davom ettiriladi.

Text to speech