Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Nukus shahrida yo‘lovchilarning chaqiruviga binoan yetib borgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan suvda cho‘kayotgan fuqaro qutqarib olindi

Joriy yilning 20 oktyabr kuni soat 16:10 larda Nukus shahar, hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanalida piyodalar o‘tish uchun mo‘ljallangan ko‘prikdan o‘tayotgan fuqaro A.A. suvda cho‘kayotgan qizni ko‘rib qolib ushbu hududga yaqin bo‘lgan Markaziy dehqon bozorida xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlariga xabar beradi.

Milliy gvardiya xodimlarining tezkor harakati va xabar bergan fuqaroning yordami bilan cho‘kayotgan qiz qutqarib olinib, unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

Shundan so‘ng chaqiruvga asosan yetib kelgan tez tibbiy yordam orqali mazkur fuqaro Nukus shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy markaziga yotqizilgan va hozirda holati yaxshi.

Dastlabki o‘rganishlar natijasida ushbu fuqaro Nukus shahrida yashovchi 18 yoshli G.Q. ekani maʼlum bo‘lgan va hozirda Nukus shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech