Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar davom etmoqda.

Andijon viloyati

Joriy yilning 16 dekabr sanasida Andijon tumani “Taxtako‘prik” mahallasida yashovchi fuqaro K. A. “Britanik” nomli pirotexnika vositasini 240 ming so‘mga pullayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Xuddi shu kuni mazkur viloyatdagi “Mustaqillik” mahallasida fuqarolar T. X va A. S. 17 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositalarini 240 ming so‘mga pullashga uringan vaqtida qo‘lga olindi.

Shuningdek, viloyatning Izboskan tumanida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan fuqaro K. X. pirotexnika vositalarini sotishga uringan vaqti qo‘lga olindi. Xolislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv davomida fuqaro 100 ming so‘m evaziga sotishga uringan 9 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositalari musodara qilindi.

Buxoro viloyati

20 dekabr kuni soat taxminan 15:30larda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamkorligida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi o‘tkazilgan tadbirda Romitan tumanida yashovchi fuqaro F.S. markaziy bozor hududida qora rangli polietilen paketga solingan 4 blok va 4 quti pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki tekshiruv ishlarida mazkur paket ichida umumiy qiymati 450.000 so‘mlik 48 quti “Treniya” nomli nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi va ashyoviy dalillar belgilangan tartibda hujjatlashtirib olindi.

Jizzax viloyati

Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Jizzax shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqaro S. B. qo‘lga olindi. Tekshiruv davomida "Eski Toshkentlik" mahallasining 19 yoshli fuqarosi yonidan 10 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositasi topilib, xolislar guvohligida musodara qilindi.

Shuningdek, jizzaxlik yana bir 27 yoshli fuqaro T. A.ning yonidan "Noviy vek" nomli pirotexnika vositasi topildi. u bilan bir qatorda 34 yoshli fuqaro Ch. J. 80 quti “Treniya” nomli pirotexnika savdosidan 1 mln. 200 ming so‘m foyda ko‘rishni ko‘zlagan vaqti qo‘lga olindi.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat markazida istiqomat qiluvchi 22 yoshli fuqaro E. Z. da jami 1 mln. 350 ming so‘mlik 88 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositalari mavjudligi aniqlanib, musodara qilindi.

Shu kuni Sharof Rashidov tumani hududida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan umumiy qiymati 1 mln. 500 so‘m bo‘lgan 100 quti “Britanik” va “Treniya” nomli pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosining oldi olindi.

Xuddi shu hududda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikdagi qo‘shma tadbirlar davomida 34 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositasini 508 ming 700 so‘mga, shuningdek,ushbu tumanning yana bir 42 yoshli fuqarosi O. O. esa “Treniya” nomli pirotexnika vositasini 150 ming so‘mga sotishga uringan vaqti qo‘lga olindi.

G‘allaorol tumanida pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaro aniqlandi. Tekshiruv chog‘ida fuqaro X. X.ning yonida umumiy qiymati 510 ming so‘m bo‘lgan 34 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositasi xolislar guvohligida musodara qilindi. Shu tumanda istiqomat qiluvchi yana bir 18 yoshli fuqaro I. Sh. dan 135 ming so‘mga sotishga uringan 9 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositalari musodara qilindi.

Viloyatning Zomin tumanida fuqaro M. M. 10 quti “Treniya” nomli pirotexnika vositalarini 150 ming so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqti ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Xolislar ishtirokida fuqaro yonidan topilan 10 quti pirotexnika vositasi musodara qilindi.

Text to speech