TARBIYALANUVCHILAR UCHUN OCHIQ ESHIKLAR KUNI O‘TKAZILDI
Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonining asosiy qismini yoshlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Yuksak bilimli, intellektual salohiyatli yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib kasb egallashlariga ko‘maklashish maqsadida bugungi kunda ushbu yo‘nalishda maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasida Termiz shahar 12-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ochiq eshiklar kuni uyushtirildi.
Tadbir davomida masʼul xodimlar tomonidan har bir o‘g‘il-qizning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yakka tartibda shug‘illanilib, ularni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil maʼlumotlar berildi.
Malakali mutaxassislar ishtirokida olib borilgan amaliy mashg‘ulotlar esa yosh avlodning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da orttirdi.
Ushbu sayohat qiziqarliligi va tarbiyaviy ahamiyatga boyligi bilan tarbiyalanuvchilarda katta taassurot qoldirdi.