OCHIQ OSMON OSTIDAGI MUZEYGA SAYOHAT
Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va Davlat arbobi, markazlashgan davlat va Boburiylar saltanati asoschisi Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Axsikent ochiq osmon ostidagi muzey majmuasiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari tomonidan ekskursiya uyushtirildi. U erda Boburiylar sulolasiga tegishli bo‘lgan eksponatlar bilan harbiy xizmatchi va xodimlar tanishar ekan tarixda buyuk ajdodlarimiz davrida hunarmandchilik, madaniyat, adabiyot, sanʼat va harbiy salohiyat naqadar rivojlanganligiga yana bir bor amin bo‘lishdi.