Qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 3 may kuni soat 00:30larda Milliy gvardiya, IIB hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 7 nafar fuqaro ko‘chada spirtli ichimlik isteʼmol qilib o‘tirganliklari sababli ularni sodir etgan huquqbuzarliklariga qonuniy chora ko‘rish maqsadida tayanch punktiga olib kelingan.
Tadbir davomida fuqarolar IIBning maʼlumotlar bazasidan tekshiruvdan o‘tkazilganida Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro R.R 17.03.2021 yildan buyon jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan Toshkent shahar Yashnobod tumani IIB tomonidan qidiruvda ekanligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari IIB tomonidan olib borilmoqda.