Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Ofitserlik kurslarini tamomlagan Milliy gvardiya inspektor-psixologlariga tantanali ravishda dastlabki “Leytenant” unvoni topshirildi

Bugungi kunda respublikadagi 10 mingga yaqin maktablarda 2000 ta Milliy gvardiya inspektor-psixologlari faoliyat yuritmoqda. Ularning “Maktab – ota-ona – mahalla” zanjiri asosida ishlarini samarali tashkil etishlarini rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda malakalari oshirilib kelinmoqda. Ana shunday 400 ga yaqin harbiy xizmatchilar Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti ofitserlar tayyorlash kurslarida o‘qitilib, bitiruvchilarga dastlabki leytenant unvoni Milliy gvardiya hududiy boshqarmalarida tantanali ravishda topshirildi.

Milliy gvardiya Toshkent shahari bo‘yicha boshqarmasida o‘tkazilgan tantanali marosimda Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov ishtirok etib, yosh inspektor-psixologlarni dastlabki ofitserlik unvonini olganligi bilan tabrikladi va kelgusi xizmatlariga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mutasaddi vakillari, faxriylar, ota-onalar, harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng, safda qad rostlab turgan bitiruvchilarga keng jamoatchilik oldida sertifikatlar hamda harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi.

Endilikda ofitser unvonini qabul qilib olgan inspektor-psixologlar boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, kasbga yo‘naltirish, tarbiyalash bo‘yicha ota-onalar, mahalla faollari bilan hamkorlikda ishlashni yana-da jadallashtiradi. Mahalla yettiligi va faollari bilan birgalikda tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan shug‘ullanib, ularning yechimi bo‘yicha aniq choralar ko‘rishadi.

Text to speech