Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Bankomatni oʻmarmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Joriy yilning 31 martdan 1 aprelga o‘tgan kechada taxminan soat 3.00 da 3 nafar nomaʼlum shaxslar yuzlarini tibbiy niqob bilan berkitgan holda, “Captiva” rusumli avtomashinada Samarqand shahar Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasida o‘rnatilgan ATB “Turonbank” filialiga tegishli bo‘lgan bankomat shahobchasiga kelib, bankomatni elektr quvvatidan uzishgan. Bankomatning tarmoqdan uzilganligi haqida “Qo‘riqlash” bo‘limiga “tashvish” xabari kelib tushgach, xodimlar darhol ko‘rsatilgan manzilga yo‘l olgan. Tashqarida vaziyatni kuzatayotgan huquqbuzarlardan biri xizmat avtomashinasining ogohlantiruvchi tovushlarini eshitib, sheriklarini ogohlantirgan va ular o‘g‘irlikni oxiriga yetkazmasdan, hodisa joyidan yashiringan. (Ma`lumot o`rnida:bankomatda mavjud bo‘lgan 300 million so‘mdan ortiq mablag‘ o‘g‘irlanmagan.)

Samarqand shahar Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida fuqarolar 33yoshli A.K, 27 yoshli M.E hamda 27 yoshli Gʻ.J qoʻlga olingan va Captiva avtomobili, kiyim-kechak, metall buyumlar, shu jumladan tayoqlar, armatura, montaj va boshqa asboblar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Yuqorida qayd etilgan maʼlumot bo‘yicha Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi ("jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatga urinish"), 4-qismi, 169-moddasi “A” bandi (“o‘g‘irlik”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Text to speech