Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston milliy armiyasi - mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri

 

Ўз O'z Ру En

O‘G‘IRLIKKA QO‘L URGAN SHAXSNING NIYATI AMALGA OSHMADI

oriy yilning 22 mart kuni tungi soat 01:24 da Toshkent viloyati Qo‘riqlash    boshqarmasining 4-bo‘linmasi  Monitoring markaziga Olmaliq shahar Amir Temur ko‘chasida joylashgan banklarning biridan “tashvish” habari kelib tushgan.

Olingan xabarga ko‘ra voqea joyiga yetib borgan Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan bank binosining ichkarisida  yurgan va  qochishga harakat qilgan noʼmalum shaxs qo‘lga olingan.

Mazkur bank filiali o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, binoning 1-qavatida joylashgan ombor eshiklarini buzib kirish orqali, ombor shiftidan 2-qavatda joylashgan bank filialiga tuynuk ochib kirilganligi aniqlangan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari mobaynida ushbu shaxs Navoyi viloyati Nurota tumanida 1996 yilda tug‘ilgan, hozirda  Olmaliq shahrida vaqtincha yashab kelayotgan fuqaro Q.S. ekanligi  maʼlum bo‘lgan. 

Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech