Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘G‘RILIK FOSH ETILDI

Joriy yilning 05 aprel kuni tungi soat 21:00 larda Navoiy viloyatida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Karmana tumani hududidagi Navoiy iqtisodiy zonasida joylashgan obyektlar atrofida tungi patrullik xizmatini o‘tab yurgan vaqtda, hududda joylashgan "Zhong Tian" MCHJga qarashli DSP ishlab chiqarish zavodi darvozasi oldida DSP mahsulotlari yuklangan “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi turganligi aniqlangan.

Mazkur obyekt atrofi ko‘zdan kechirilganda ikki nafar shaxsning yashirinib yotganganligi maʼlum bo‘lgan va qo‘lga olingan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida yashiringan shaxslardan biri ushbu obyektda qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro X.I. ekanligi va u Navbahor tumanida yashovchi fuqaro X.E. bilan o‘zaro til biriktirib narxi 4.200.000 so‘m bo‘lgan 14 dona DSP materialini talon-taroj etganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Karmana tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Text to speech