OILA SOG‘LOM EKAN, JAMIYAT MUSTAHKAM, MAMLAKAT BARQARORDIR
Mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilishga qaratilayotgan yuksak eʼtibor tinch, obod va farovon hayotimizni taʼminlashda katta samara bermoqda. Har qanday sohada jismonan sog‘lom va maʼnan yetuk kadrlar bilangina yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Ushbu talablar Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari uchun esa alohida ahamiyat kasb etadi. Bu kabi samarali ishlar Respublikamizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Jumladan, kuni kecha Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etilib, unda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari tekshiruvdan o‘tkazilib, salomatliklari nazoratga olindi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik doirasida harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolari bolalar shifokori, terapevt va endokrinolog kabi malakali mutaxassislar qabulida bo‘lib, tegishli maslahat hamda tavsiyalar oldilar. Shuningdek, ular rentgen, UTT, EKG va boshqa zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida sifatli ko‘rikdan o‘tkazildi.