OILADAGI KITOBXONLIK YoSHLAR TARBIYASIDA MUXIM AXAMIYAT KASB ETADI
Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati kutubxonasida Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari ishtirokida "Oiladagi psixologik muhitni yaxshilash va farzand tarbiyasida er-xotinning roli" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida oilaning tinch-totuvligini saqlashda ota-ona birdek masʼuliyatli bo‘lishi va oilada kitobxonlik muhitini yaratish orqali ijobiy natijaga erishish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, mutaxassis psixologlar ishtirokchilarga oilaviy munosabatlarda psixologik bilimlarning zarurligi to‘g‘risida misollar orqali tushuntirib o‘tdi.