OILAGA EʼTIBOR KELAJAKKA, O‘ZLIGIMIZGA EʼTIBORDIR
Jamiyatda har qanday qusur va kamchiliklarning ildizini aksar hollarda oilalardagi ijtimoiy –maʼnaviy muhitdan izlash nechog‘li o‘zini oqlagani kabi kuchli, barqaror hamda farovon davlat tizimi negizini ham, mustahkam oilalar tashkil etishini bugun tobora chuqur anglab yetmoqdamiz. Bu boradagi ishlar avvalo barcha soha vakillari mutasaddi rahbarlarining eʼtibor markazida bo‘lishi zarur. Xususan, Qashqadaryo viloyatida Milliy gvardiya boshqarmasi, harbiy xizmatchilarini dam olish kunini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularning oila aʼzolari bilan, karantin qoidalariga amal qilgan holda, Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga sayohat tadbiri amalga oshirildi. Sayohat davomida, muzey xodimlari tomonidan harbiy xizmatchilar va ularni oila aʼzolariga muzeyda joylashgan milliyligimiz ko‘zgusi bo‘lgan, Qashqadaryo tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan turli-xil Eksponatlar bilan yaqindan tanishtirilib, harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollariga, muzey maʼmuriyati masʼul xodimlari tomonidan javoblar berildi. O‘z navbatida, yosh avlodlarga vatanparvarlik hissini shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi uchrashuvlar ularni o‘z tarixiga bilgan qiziqishini oshiribgina qolmay, unga bo‘lgan ehtirom tuyg‘usini uyg‘otishga xam xizmat qiladi.