Oilasi bag‘riga qaytayotgan bolalar
Namangan viloyatidagi 26-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan 3 ta aka-uka Abduraxmon hamda Xasan, Xusanlar o‘z onasi bag‘riga qaytdilar. Bu uchta pahlavonning kelajakda o‘z o‘rnini topishlari uchun avvalo taʼlim olishlariga va vatanparvarlik ruhida tarbiya topishlariga Milliy gvardiya xodimlari masʼul. Ushbu oilaning ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash borasida esa joriy qilingan yangi tizim asosida barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Farzandlarini bag‘riga bosgan ona Gulchexra Abdujabbarova hamda ularning bobosi va buvijonlarining xursandchiligi cheksiz.