Olamga o‘zgacha nazar bilan
Teatrga kelgan tomoshabin qahramonlar hayotida yashab o‘tganday bo‘ladi, ularning his-tuyg‘ularini his qiladi va albatta o‘zi uchun saboq olib, xulosa chiqarish imkoniyatiga erishadi. Shu sababdan teatr - tarbiya va maʼnaviyat o‘chog‘i deyiladi.
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy-xizmatchilari bilan oila aʼzolari birga Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida “Halala” spektaklini namoyish etishdi. Mazkur spektakl tomoshabinlarga insonlarning turli xil sifatlarini ko‘rish bilan birgalikda kulish va ayrim joylarida jiddiy fikr qilish imkoniyatini berdi. Spektakl nihoyasiga yetgach tomoshabinlar teatrni atrofdagilar bilan munosabat, hayotga bo‘lgan nazar hamda bola tarbiyasidagi ayrim jabhalarni o‘zgartirish fikri bilan tark etishdi.