Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Oliy harbiy taʼlim muassasalarini 2024 yilda tamomlagan yosh ofitserlar tarkibi bilan o‘tkazilgan o‘quv-uslubiy yig‘in

2024 yilda Oliy harbiy taʼlim muassasalarini tamomlab, keyingi xizmat faoliyatini davom ettirish uchun bo‘linmalarga kelgan yosh ofitserlar tarkibi bilan 29 iyul kunidan 10 avgust kuniga qadar Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli “Karmana” dala o‘quv markazi hududida o‘quv-uslubiy yig‘in yuqori saviyada va samarali tashkillashtirilib o‘tkazildi.

O‘quv-uslubiy yig‘in mashg‘ulotlari tasdiqlangan dars jadvali asosida Milliy gvardiya Markaziy devoni boshqarma, bo‘lim, xizmat boshliqlari va bo‘linmalardan ilg‘or tajribaga ega bo‘lgan ofitserlarni jalb etgan holda tashkillashtirildi.

O‘quv-uslubiy yig‘in davomida Milliy gvardiya bo‘linmalarining vazifalari, xizmat faoliyati asoslari, jangovar va maxsus tayyorgarlikni tashkillashtirish hamda o‘tkazish tartibi, shaxsiy tarkibni axloqiy-ruhiy sifatlarini mustahkamlash, jinoyatchilik

va huquqbuzarliklarni oldini olish, yuklatilgan jangovar va xizmat vazifalarni bajarishda bo‘linmani, shaxsiy tarkibni mohirlik bilan boshqarish hamda bo‘linmalaridagi mavjud bo‘lgan

qurol-aslaha, harbiy texnika va maxsus vositalarni qo‘llash tartibi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

O‘quv yig‘ini mashg‘ulotlari jangovar vaziyatlarga yaqinlashtirilib, dala sharoitida intensiv uslubda kun davomida  jismoniy yuklamalarni berish orqali yosh ofitserlarning chidamlilik qobilyati oshirildi.

Text to speech