Qo‘qondagi “Farobiy” savdo markazida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan 300 ta kastet borligi aniqlandi
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Qo‘qon shahar IIB va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-profilaktika tadbirlari chog‘ida “Farobiy” savdo majmuasi do‘konlaridan birida 300 dona jez kastetlar aniqlandi. Qurol sifatida foydalanish uchun maxsus moslashtirilgan ushbu buyumlar muomalasi O‘zbekiston Respublikasi hududida taqiqlanadi.
O‘z faoliyatini kamar va boshqa aksessuarlar sotish sifatida ro‘yhatdan o‘tkazgan 2001 ymlda tug‘ilgan tadbirkor N.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-3-moddasi (“O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi”) bilan javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi.