Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

”YANGI O‘ZBEKISTONGA QANOT BO‘LAMIZ” IJODIY ISHLAR TANLOVINING RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI VA UNDA MILLIY GVARDIYA TOSHKENT SHAHAR “TEMURBEKLAR MAKTABI” NING 1 KURS O‘QUVCHISI MUTLOQ G‘OLIB DEB TOPILDI

Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz” ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichi 2022 yilning 14-18 mart kunlari Toshkent shahrida tashkil etildi. Mazkur bosqich Temurbeklar maktablari va “Yosh chegarachi” harbiy-akademik litseylarining 1 va 2 kurslaridan 33 nafar o‘quvchilar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz” ijodiy ishlar tanlovining respublika bosqichida ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga Prezident sovg‘asi noutbuk va kitoblar to‘plami topshirildi. Ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha ham baholanib, unda Milliy gvardiya Toshkent shahar “Temurbeklar maktabi”ning 1 kurs o‘quvchisi Sharipov Ibratbek Xushnud o‘g‘li “Siyosiy savodxonligi uchun” nominatsiyasi g‘olibi hamda 2 kurs o‘quvchisi Jamoliddinov Firdavs Doniyor o‘g‘li “Faol siyosiy qarashlari uchun” nominatsiya g‘olibi deb topildilar.

Faxrli birinchi o‘rin 1-kurs o‘quvchilari o‘rtasida yaʼni mutloq g‘oliblik, Milliy gvardiya Toshkent shahar “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchisi Baxtiyor Xibziddinovga, nasib etdi. Unga 1-darajali Diplom va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 30 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi. Batafsil

Milliy gvardiya qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibi nomidan “Yangi O‘zbekistonga qanot bo‘lamiz” ijodiy ishlar tanlovida Milliy gvardiya Toshkent shahar “Temurbeklar maktabi” sharafini munosib himoya qilib, faol ishtirok etgan va g‘olibliklikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimizni ushbu zafarli qadamlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

Text to speech