O‘QUVCHI YОSHLAR UCHUN OT SPORTIGA DOIR MAHORAT DARSLARI TASHKIL ETILDI
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan ot sportini rivojlantirish va yoshlarni “Qorabayir” zotli otlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ko‘plab tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi maktab o‘quvchilari hamda mahallalardagi uyushmagan yoshlarga malakali xodimlar tomonidan ot minish, uni egarlash va to‘g‘ri jilovlash sir-asrorlari o‘rgatildi.
Shu bilan bir qatorda, tulporlarni parvarish qilish va boqish borasida ham batafsil maʼlumotlar berildi.
Bu tadbirda jonbozlik ko‘rsatgan yoshlar ot minish imkoniyatini qo‘lga kiritib, tulporlar bilan do‘stona aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi.