“Eng yaxshi vatanparvarlik ruxidagi qo‘shiq” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi // O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga Prezident tabrigi // O‘zbekiston Kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi // “Temurbeklar maktabi” va Harbiy-musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining vaʼda berish marosimi bo‘lib o‘tdi // Milliy gvardiya maxsus bo‘linmalari bilan tog‘li hududlarda taktik-o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi  // Poytaxtimizning Yunusobod tumani  qo‘riqlash bo‘limiga kelib tushgan “Tashvish” xabariga ko‘ra voqea joyiga yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan  narkotik moddalarini yashirishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi // Xorazm viloyatida Milliy gvardiya qo‘riqlash xodimi tomonidan ehson qutisidagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi // Milliy gvardiya tizimidagi Otliq otryadlar va Faxriy qorovul kavaleriyasi faoliyati haqida // O‘zbekiston Respublikasi  Milliy gvardiyasi “Temurbeklar maktabi” va Harbiy-musiqa akademik litseyi o‘quvchilarining tantanali vaʼdasiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi // Milliy gvardiya maxsus bo‘linmalari bilan tog‘li hududlardagi taktik-o‘quv mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda / / Buxoro shahrida Sportning Kurash turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi “O‘z kasbining ustasi” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostonada "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etdi / / “Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda ayollarning o‘rni” mavzusida Surxondaryo viloyatida seminar-trening bo‘lib o‘tdi / / Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Germaniya sammiti davomida xavfsizlik va jamoat tartibi ishonchli taʼminlandi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari bilan o‘tkazilayotgan Majmuaviy to‘siqlar yo‘lagidagi maxsus taktik tayyorgarligidan amaliy mashg‘ulotlar jarayonlari / / Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi / / Minskda IIV va Milliy gvardiya operativ-jangovar guruhlari o‘rtasida amaliy (taktik) o‘q otish bo‘yicha IV-ochiq turniri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi maxsus vazifalarni bajaruvchi jangovar bo‘linmasi ham ishtirok etib, Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Rossiya kabi davlatlarning 16 ta jamoalari o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi //  Respublikamiz bo‘ylab Milliy gvardiya maxsus bo‘linmalari bilan tog‘li hududlarda taktik-o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini borib ko‘rdi 

Ўз O'z Ру En

O‘QUVCHILAR IQTIDORINI NAMOYON ETGAN TANLOV

Hozirda respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy kechalar va ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Aynan shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni va ijtimoiy faolligini oshirishdan iboratdir. Albatta, mazkur tadbir yoshlarimizni kasbga yo‘naltirish va kelajakda o‘z o‘rinlarini topishga ham xizmat qiladi.

Mazkur tadbirda 9-sinf o‘quvchi qizlaridan iborat jami 4 ta guruh ishtirok etdi. Unda ishtirokchilar o‘zlarini tanishtirish, pazandachilik, tezkor-savol javob hamda ijodiy mavzularda mahoratlarini sinab ko‘rishdi. Tanlov ishtirokchilarining har bir chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.

Vatan tuyg‘usi va ona mehrini madh etuvchi she’r hamda qo‘shiqlar o‘quvchi-yoshlar qalbida vatanparvarlik hissini yanada jo‘sh urdirdi.

Mazkur bellashuvda yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech