Qoraqalpog‘iston Respublikasida do‘kon eshigini buzmoqchi bo‘lgan huquqbuzarlar ushlandi.
Joriy yilning 26 yanvar kuni soat 23:32 da Shumanay tumani “Qo‘riqlash” bo‘limiga tuman hududida joylashgan, "Stroy Market Shomanay" XK qarashli qurilish materiallar do‘koni ortida begona shaxslar maqsadsiz yurganligi bo‘yicha qo‘riqlovdagi "Azatbay Kamalov" obyektining egasi K.A.dan xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga ko‘ra tezkor xodimlar voqea joyiga 23:34 da yetib borgan va gumonlanuvchi shaxslar do‘kon orti eshigini buzib kirmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan
Dastlabki surishtiruv ishlarida huquqbuzarlar 43 yoshli A.J va 38 yoshli A.S ekanligi aniqlangan. Shuningdek, tuman Tibbiyot birlashmasi narkologiya dispanseridan spirtli ichimlik ichganligi bo‘yicha № 226 va 227 sonli maʼlumotlar olinib, fuqarolar tuman IIB navbatchilik qismiga topshirilgan.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.