“O‘rikzor” bozori hududida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari tomonidan jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Joriy yilning 19 iyun kuni soat taxminan 11.30 larda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Ichki ishlar organlari xodimlari poytaxtimizning Uchtepa tumanida joylashgan “O‘rikzor” bozoriga tashrif buyurganlar orasida tashqi ko‘rinishi jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs tavsifiga mos keladigan fuqaroni payqashgan. Shundan so‘ng, fuqaro profilaktika inspektori xonasiga olib borib tekshirilganda, gumon o‘z tasdig‘ini topgan.
Tekshuruv natijasida qo‘lga olingan shaxs joriy yilning 3 iyundan buyon O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Beruniy tumani Ichki ishlar organlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan 24 yoshli fuqaro D.X ekanligi maʼlum bo‘ldi.