Oromgohda madaniy tadbir tashkil etildi
2 iyul “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan kun. Sana munosabati bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Miliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchilari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongida ona Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida, Nukus shahrida joylashgan “Turon” bolalar sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohiga tashrif buyurdi.
Harbiy xizmatchilarimiz tomonidan havaskor rassom yoshlar o‘rtasida Davlat gerbi ramzinining tasvirini chizish bo‘yicha tanlov tashkil etildi.
Tadbir yakunida tanlov ishtirokchilari o‘rtasida g‘oliblar aniqlandi. G‘olib yoshlarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.