Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OT SPORTI BO‘YIChA MUSOBAQA G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda yilqichilik, ot sporti, zamonaviy beshkurash va poloni rivojlantirish bo‘yicha Milliy gvardiya harbiy qism va muassasalarida ot sportiga alohida e'tibor qaratilib, turli musobaqalar tashkil etilmoqda.
Xususan, kuni kecha Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan Faxriy qorovul bo‘linmasining kavaleriya eskadroni bazasida ot sportining “Ot ustida kurash” va “Ot ustida estafeta” “Ot yo‘rttirish” turlari bo‘yicha Milliy gvardiya tizimida respublika birinchiligi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqa Milliy gvardiya bo‘linmalari o‘rtasida 3 bosqichda: “Ot ustida kurash”, “Ot ustida estafeta”, “Ot yo‘rttirish” shartlari bo‘yicha o‘tkazildi. Tadbirga Toshkent shahrida joylashgan “Prezident maktabi” va “Al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab” o‘quvchilari, mahalliy yoshlar hamda harbiy xizmatchilar taklif etildi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lib, 3-o‘rinni Toshkent shahri, 2-o‘rinni Jizzax viloyati, 1-o‘ringa esa Andijon viloyati jamoasi sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Text to speech