Ot sporti maktabi tashkil etildi
Yurtimizda yosh avlodning sog‘lom o‘sib, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, sanʼat va sportga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida «Ot sporti maktabi» tashkil etildi. Unda harbiy xizmatchilarning farzandlari va harbiy qism xududidagi mahalla yoshlariga harbiy xizmatchilar tomonidan tulporlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
O‘quvchi-yoshlar esa, ot sportiga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javoblar olib, kun sayin ushbu sportga qiziquvchi yoshlar soni kengayib bormoqda.
Bu kabi tizimli tadbirlar tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tatil vaqtida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qilib, sport bilan muntazam shug‘ulanishlariga keng imkoniyat yaratib bermoqda.