OT SPORTI BO‘YICHA SAMARALI ISHLAR DAVOM ETMOQDA
Ayni kunlarda respublika miqyosida yoshlarni ot sportiga qiziqtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda Qorabayir zotli otlarni ko‘paytirish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, kuni kecha Milliy gvardiya Buxoro tumani Qo‘riqlash bo‘limi tashabbusi bilan ot sportining “Uloq-ko‘pkari" turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Bellashuvda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasining malakali chavandoz harbiy xizmatchi va xodimlar bilan bir qatorda viloyatning turli tumanlaridan tashrif buyurgan 20 ga yaqin yosh chavandozlar ham ishtirok etishdi. Shuningdek, 50 ga yaqin yoshlar hamda 32-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari musobaqaga tomoshabin sifatida tashrif buyurishib, mazkur bellashuv davomida ular amaliy mahorat saboqlariga ega bo‘lishdi.