Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Ot sporti o‘yinlarida mohir chavondozlar bellashdi

Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida milliy ot sporti o‘yinlarining viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. "Surxondaryo viloyati Qorabayir zotli otlari" shiori ostida tashkil etilgan mardlar o‘yinida, voha tumanlarida o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan 200 nafardan ortiq chavandozlar ishtirok etdilar. Unda chobog‘onlar, “ot poygasi”, “jamoaviy ko‘pkari” hamda “olomon uloq-ko‘pkari” bahslarida bellashdilar. Otlar poygasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Abdurashid Vorisov “Bars” laqabli Qorabayir oti bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi xodimi Samandar Norboyev esa “Bo‘roncha” laqabli oti bilan poygada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoaviy ko‘pkari bahslarida Milliy gvardiya chavandozlaridan iborat jamoa barcha mahalliy jamoalardan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan olomon ko‘pkarida uloq ayirgan chapdast chavondozlar tashkilotchilar tomonidan qo‘yilgan turli qimmatbaho sovrinlar hamda pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida vohalik yoshlar ishtirokida arqon tortish, kamondan otish, tosh ko‘tarish kabi milliy o‘yinlar ham tashkil etildi. Viloyat saralash bosqichida epchillik va qatiyatlilik mahoratini namoyish etib, g‘olib bo‘lgan eng kuchli chavondozlar, joriy yilning 17 dekabr kuni Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan respublika chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Text to speech