Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OT SPORTIGA EʼTIBOR

Yurtboshimizning yilqichilik va ot sportini rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratayotganliklari ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini kuchaytirdi.

Respublikamiz bo‘ylab yosh avlodni ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da orttirishga qaratilgan chora tadbirlar Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Andijon viloyatida ham bu boradagi ishlar kun sayin o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Andijon tumanida joylashgan “KING HOUSE” ot sporti maktabida “Yoshlar birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilgan uyushmagan yoshlar ishtirokidagi tadbir fikrimiz dalilidir.

Mazkur tadbirda barcha ishtirokchilar ot sporti turlari, uchqur tulporlar xislatlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni mutaxassislar orqali bilib oldilar.

Tadbirga tashrif buyurgan Milliy gvardiya qo‘mondonligi va IIV mutasaddi rahbarlarining yoshlar bilan uchrashib ochiq muloqotda bo‘lganliklari barchada katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, Milliy gvardiya hududiy boshqarmasida ot sporti seksiyalari tashkil qilinganligi va yoshlarning muntazam ravishda ushbu sport turi bilan shug‘ullanishlari uchun taklif qilinganligi ishtirokchi yoshlarda motivatsiya uyg‘otdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Text to speech