Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OT SPORTIGA DOIR AMALIY TADBIRLAR O‘TKAZILDI

Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan bolajonlarning yozgi taʼtillarini mazmunli tashkil etish, ularning sog‘lom turmush tarzi va sport mashg‘ulotlariga qiziqishlarini yana-da oshirish maqsadida o‘quv muassasalari hamda oromgohlarda bir qator sport seksiyalari tashkillashtirilmoqda. Jumladan, ot sport seksiyasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi ham barchada birdek katta qiziqish uyg‘otdi.

Karmana, Navbahor tumanlarida harbiy xizmatchilar tomonidan ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ot sporti bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda yoshlarga tulporga minish, erkin harakatlanish, mazkur jonivorlarning zotlari, ularni parvarish qilish, emlash tartibi hamda kunlik ratsioni haqida nazariy va amaliy maʼlumotlar berildi. Shuningdek, otda to‘siqlar osha sakrash, bunda xavfsizlik qoidalarini yodda tutish tushuntirildi. Ushbu tadbirlar jarayonlarida yigit-qizlar yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi.

O‘z navbatida, yoshlar tarixda va bugungi kunda otlar tinchlikni saqlash, harbiy maqsadlarda ham insonlarning sadoqatli ko‘makchisi ekanligini bilib olishdi.

Yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish yo‘lida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar, ularning kelgusida ruhan sog‘lom va barkamol farzand bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Text to speech