OT SPORTINI RIVOJLANTIRISH YO‘LIDA
Hozirgi kunda ot sportini rivojlantirish, yoshlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish, yosh sportchilarni saralab olish hamda katta musobaqalarga tayyorlash borasida Farg‘ona viloyatida samarali ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan Beshariq tuman hokimiyati va Uloq-ko‘pkari federatsiyasi hamkorligida Milliy ot o‘yinlari “tanga olish ” va “ot ustida kurash” turlari bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘riqlash xizmati xodimlari, yosh sportchilar hamda havaskor chavandozlar g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib borishdi.
Chavandozlar tomonidan ko‘rsatilgan mahoratli harakatlar va murosasiz kurashlar hammaga birdek manzur bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab keng miqyosda olib borilmoqda.