Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

OT SPORTINING YANGI TURLARI BO‘YICHA MUSOBAQALAR O‘TKAZILMOQDA

Joriy yilning 06 sentyabr kuni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Yakkabog‘ tumanida ot sportining yangi turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur bellashuvda mard va jasur chavandozlarimiz ot ustida yugurish, jamoaviy uloq-ko‘pkari, ot ustida kurash hamda olomon uloq-ko‘pkari shartlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qiziqarli bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida faxrli o‘rinlarni egallagan va g‘olib bo‘lgan chavandozlar Milliy gvardiya hamda tuman hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.

Yurtimizda ot sportini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar, kelgusida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bir qatorda, milliy va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ot sporti musobaqalarida munosib o‘rinlarni egallashlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Text to speech