Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Otaliqqa olingan yoshlar doimo eʼtiborimizda

Mamlakatimizda yoshlar masalasida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab chora-tadbirlarning ilgari surilayotgani hamda ularning ijrosi izchil taʼminlanayotgani bunga yaqqol misoldir. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, ularni bandligini taʼminlash, ijtimoiy muammolarini hal etish borasida so‘nggi bir yilda respublikamiz miqyosida sektorlar kesimida tegishli vazirlik va idoralar 500 ming nafardan yoshlarni otaliqqa olishdi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi ham 4-sektordagi 500 ming nafar yoshlarni otaliqqa olishdi. Har bir yoshga ofitserlar tarkibidan biriktirilib, ularning qiziqishlari va muammolari o‘rganildi. Kuni kecha amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi. Unda yig‘ilishni Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov olib bordi. Shuningdek videoselektorda Davlat xavfsizlik xizmati va Yoshlar ishlari agentligi masʼul vakillari ishtirok etishdi. Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilish davomida har bir yoshga biriktirilgan ofitser o‘z farzandidek qarashi kerakligi taʼkidlandi. Agar yoshlar jinoyat sodir etsa ofitserlar jazolanishi aytib o‘tildi. Yoshlar ishlari agentli va mahalla yettiligi bilan uzviy aloqalarni yo‘lga qo‘yib, yoshlar bilan har kuni ish olib borish va sport, madaniy maʼrifiy tadbirlarni o‘tkazish vazifasi qo‘yildi. Migratsiyadagi yoshlarni vatanga qaytarish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, 5 nafar yoshlarni kasbga yo‘naltirish borasida Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Namangan va Andijon viloyatlarida “Vatanning sodiq yoshlari” nomli o‘quv-yig‘inlari o‘tkazilib, yoshlarga harbiylik sir-asrorlari o‘rgatilmoqda. Videoselektor yakunida harbiy xizmatchi va xodimlarga olib borilayotgan ishlarni yana-da jadallashtirish zarurligi aytib o‘tildi.

Text to speech