YОSh IQTIDORLAR SARALANMOQDA
Yoshlarning sog‘lom, baquvvat hamda yetuk inson bo‘lib voyaga yetishida sportning o‘rni va ahamiyati beqiyos. Bu borada mamlakatimizda tizimli chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda joriy yilning 23 fevral kuni Yunusobod tumanidagi 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabida Toshkent shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va Respublika karate assotsiatsiyasi hamkorligida sportning "Karate WTF" yo‘nalishi bo‘yicha shahar saralash bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Saralash bosqichining ko‘tarinki kayfiyatda, qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda kechgani, ishtirokchilarni yana-da g‘oliblikka bo‘lgan ishtiyoqini oshirdi.