Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbek jang sanʼati sport turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Milliy gvardiya qo‘mondonining kubogi" musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazilib, respublika bosqichiga saralanmoqda.

Davlatimiz rahbarining "Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni, "Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hamda "Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarorlari yuzasidan yoshlar o‘rtasida, ayniqsa, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yosh avlodni paralimpiya sport turlariga keng jalb etish maqsadida o‘zbek jang sanʼati sport turining “Matonat” yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida "Milliy gvardiya qo‘mondonining kubogi" musobaqasi tashkil etildi.

Milliy gvardiya, hududiy sportni rivojlantirish boshqarmalari, Xalq taʼlimi boshqarmasi, O‘zbek jang sanʼati federatsiyasi, Yoshlar ishlar agentligi hamkorligidagi mazkur musobaqa nayza uloqtirish, kamondan o‘q uzish, yadro uloqtirish hamda nogironlik aravachasida poyga yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Bellashuv mobaynida ayol va erkak sportchilar o‘z imkoniyatlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishdi.

Mazkur musobaqaning hududiy va viloyat bosqichlarida faol qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgan sportchilarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Milliy gvardiya qo‘mondonining kubogi" musobaqasining viloyat bosqichlari davom etib, sportchilar hozirgi kunda joriy yilning 4-5 noyabr kunlari poytaxtimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan respublika bosqichiga saralanmoqda.

Text to speech