Kuch tuzilmalarining kinologiya sohasidagi hamkorligi // "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi"da huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda // Xorazmda Qizil kitobga kiritilgan qushni sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi // Mahallalar kesimida mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish hamda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish borasida hamkorlikdagi manzilli targʻibot tadbirlari davom ettirilmoqda // Nurafshon shahrida joylashgan Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hududida "Ot sporti maydoni" majmuasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda harbiy vatanparvarlikga ixtisoslashtirilgan sinf oʻquvchilari hamda tizim faxriylari ishtirok etishdi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida Milliy gvardiya tashabbusi bilan «Zakovat» intellektual oʻyini oʻtkazildi // 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Respublikamiz boʻylab Milliy gvardiya tizimida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar va ularning ota-onalari ishtirokida telemuloqotlar tashkillashtirildi // Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasida “Yotoqxona, oshxona va xizmat koʻrsatish binolari” shuningdek, Jizzax shahar Qoʻriqlash boʻlimi “Maʼmuriy binosi”ning tantanali ochilishi Gvardiyachilarga bayramona tuhfa boʻldi // Qurolli Kuchlarimizni tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bugun, Yangi O‘zbekiston bog‘ida “Men g‘olib” shiori ostida yugurish musobaqasi tashkil etildi // Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar-Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Poytaxtimizning Amir Temur xiyoboni boʻylab “Otlar paradi” boʻlib oʻtdi // Toshkent viloyatidagi tog‘li hududlardagi dam olish maskanlarida jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar olib borilmoqda // Milliy gvardiya tizimi faxriylari hamda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari xolidan xabar olindi. // O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusidagi tadbir tashkil etildi // Poytaxtimizdagi "Kinochilar uyida" Milliy gvardiya “Temurbeklar maktabi” faoliyatiga oid “Vaʼda” nomli teleserialning taqdimoti bo‘lib o‘tdi 

 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari uchun tashkillashtirilgan bayramona tadbirda davlat mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarining  ham bir guruhi mukofotlandi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev ishtirok etib, tizimdagi barcha shaxsiy tarkibni mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi va davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan 7 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarimizni davlat mukofotlari, yaʼni “Sog‘lom turmush”, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallarini topshirdi.  

“Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan 65921 harbiy qism mutaxassis mergani serjant Mamatov G‘ayratjon To‘xtamurodovichga davlat mukofoti shaxsan Muhtaram Prezidentimiz tomonidan topshirilishi Milliy gvardiya tizimiga bo‘lgan alohida eʼtibor ifodasi ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Eng ulug‘, eng aziz bayram Mustaqillik kuni munosabati bilan Milliy gvardiya qo‘mondoni buyrug‘iga asosan xizmatda yuqori  natijalarga erishgan 3 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga navbatdagi “polkovnik” harbiy hamda maxsus unvoni, 200 nafariga “Aʼlo xizmatlari uchun”, “Milliy gvardiya fidoyi xodimi”, “Maʼnaviyat aʼlochisi”, “Namunali xizmatlari uchun”, “Milliy gvardiya faxriysi” ko‘krak nishonlari, 2 ta Mudofaa vazirligi esdalik xanjari, 100 nafariga faxriy yorliq hamda 180 nafariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur bayram munosabati bilan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan 480 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar hamda faxriylar va ishchi-xizmatchilarning munosib taqdirlanganligi, ularning keyingi xizmat davomidagi shijoatini oshirishga xizmat qiladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Text to speech