Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyat Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda Baxt shahrida joylashgan Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida vatanparvarlik va sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbiring ochilish marosimidan so‘ng muassasa tarbiyalanuvchilari uchun uyushtirilgan mini futbol, shaxmat-shashka, stol tennisi, kamondan otish, arqon tortish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Yoshlar musobaqa davomida muddatli harbiy xizmatchilar bilan sport turlari bo‘yicha bellashuvlarga kirishishdi. Albatta bir yil oldin maktab o‘quvchisi bo‘lgan bugungi muddatli harbiy xizmatchilar, bu yerdagi tarbiyalanuvchilarda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda yaxshi namuna desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilarning diplom, medal, kubok va esdalik sovg‘alarini qabul qilib olishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularga bugunda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ularning murojaatlari ham tinglandi. Ular tomonidan bildirilgan WI-FI markazi, kitoblar jamlanmasi kabi takliflari qabul qilinib, shu joyning o‘zida hal etildi. Tadbir madaniy ko‘ngilochar dastur bilan davom etdi. Viloyat madaniyat bo‘limi sanʼatkorlari tarbiyalanuvchilarga o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan xush kayfiyat bag‘ishladi.

Text to speech