O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari o‘rtasida “Qo‘l jangi bo‘yicha” chempionat bo‘lib o‘tdi   //   Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari oʻrtasida ot sportining polo turi boʻyicha "Milliy gvardiya kubogi" musobaqasi boʻlib oʻtdi.   ///  Yongʻinlarni oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir oʻtkazildi.   /// Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq holatlar fosh etilib, qonuniy tartibda choralar koʻrilmoqda.   /// Ma'naviyat va ma'rifat markazida "Qo'mondon o'rinbosarining tizimdagi yoshlar bilan" uchrashuvi   ///   Milliy gvardiya Qoraqolpog‘iston Respublikasi Kinologiya markazining ochilish marosimi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining mutaxassis Kinologlari o‘rtasida “Dog biotlon bellashuvi” musobaqasi jarayonlari / / Harbiy xizmatchilarga yangi uy - joylar topshirildi / / 9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni / /  Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning barqaror rivojlanishi uchun atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaati  / / Navoiy viloyatida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan sertifikatga ega bo‘lmagan pirotexnika vositalari aniqlandi / / O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazida tadbir tashkil etildi / /    O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari qo‘l jangi federatsiyasi raisi - Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev tomonidan Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon Kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallagan sportchilar va ularning murabbiylari munosib rag‘batlantirildi // O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi delegatsiyasining Turkiya jandarmeriyasiga tashrifi yakunlari to‘g‘risida // Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Jalgasbay Berdimuratov 87 kg vazn toifasida g‘olib bo‘ldi // 22 noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarida psixologik taʼminlash faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi // Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tgan Yangi nafas umummilliy harakati doirasida “Talaba yugur” ommaviy yugurish musobaqasi yoshlarni bir maqsad sari birlashtirdi // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi yalpi majlisida ishtirok etdi / / Chet davlatlariga ketgan o‘quvchi yoshlar va ularning ota-onalari bilan on-layn konferens aloqa shaklidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi / / Milliy gvardiya tizimida kadrlar malakasini oshirish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani / / O‘zbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboni bo‘ylab Milliy gvardiya boshchiligida kuch tuzilmalari otliq bo‘linmalari ishtirokida "Otliq kavaleriya paradi" bo‘lib o‘tdi / / Xitoy Xalq Respublikasi Xalq qurollangan politsiyasi komissari general-polkovnik ChjanXunbinning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari to‘g‘risida / / 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni / / O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi / / Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Milliy gvardiya tizimida xizmat olib borayotgan soha xodimlarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi / /O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga bayram tabrigi  / / Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti haqida: kecha va bugun!

Mamlakatimizda qo‘mondonlik va texnik kadrlar tayyorlaydigan, bir nechta o‘quv muassasalarini birlashtirgan ko‘p bosqichli harbiy taʼlim tizimi yaratilgan. Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti shulardan biridir.

Mazkur bilim yurti, 1990 yil 15 oktyabrda Ichki ishlar vazirligining Oliy kurslari bazasida malakali ofitser kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun tashkil etilib, (SSSR IIV Ichki qo‘shinlari) Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurti deb nomlangan.

Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 yanvardagi Farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olinib, Ichki ishlar vazirligi tizimiga kiritilgan.

Bilim yurti 1991 yili ilk kursantlarni qabul qilib, 1995 yilda dastlabki bitiruvchilarni tayyorlab chiqargan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti: IIV qo‘shinlari va idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanadigan, mamlakat xavfsizligi vazifalarini samarali bajarishga qodir bo‘lgan oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblangan.  

2017 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy-texnik instituti etib qayta tashkil qilingan.

2017 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilganidan so‘ng, sohaga malakali va professional kadrlarni tayyorlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil noyabridagi Qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi IIV Harbiy-texnik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tasarrufiga o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son qaroriga muvofiq Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti negizida qayta tashkil etildi.

 Universitetga 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab talabalar qabul qilina boshlagan. Bakalavriatda 15, magistraturada 8 yo‘nalish bor. Bugungi kunda bakalavriatda mingdan ortiq kursant, maxsus yo‘nalish, sirtqi taʼlim va magistraturada yana shuncha yoshlar tahsil olmoqda. Ularga jami 209 nafar o‘qituvchi, professor va fan doktorlari yurisprudensiya, iqtisodiyot va psixologiya taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha saboq berib kelmoqda.

Hozirda, Universitet bitiruvchilari Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining jamoat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash hamda qo‘riqlash tuzilmasi, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi yo‘nalishlari bo‘linmalarida,   shuningdek,  Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun esa harbiy diplomatiya, yurisprudensiya, iqtisodiyot, muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohalarida  xizmat qilib kelmoqdalar.

Joriy yilning 29 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni  Jamoat xavfsizligi universitetiga tashrif buyurib amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Prezidentimiz ofitser va talabalar bilan muloqotda bo‘lib, dual taʼlimni keng joriy qilish, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Hozirda,  Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan  vazifalarning amaliy ijrosi Milliy gvardiya qo‘mondoni nazoratiga olinib,  Jamoat xavfsizligi universiteti rahbariyati boshchiligida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

Text to speech