Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan, Milliy gvardiya qo‘mondonining bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar!

Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlarini, taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarini, kursant va o‘quvchilarini,  soha faxriylarini, ishchi-xizmatchilarni hamda xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan gvardiyachilarimizning oila aʼzolarini “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan samimiy tabriklayman!

Muhtaram Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash bugun ham, kelajakda ham eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi”- deb biz harbiylarni eʼtirof etganlar.

Zero, bu yilgi “Vatan himoyachilari kuni” bayrami “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida ko‘tarinki ruxda nishonlanmoqda.

Darhaqiqat, Yangi O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Milliy gvardiya inson huquqlari va manfaatlarining chinakam himoyachisi, jamiyat va davlat xavfsizligining ishonchli posboni sifatida chin maʼnoda xalqimiz faxriga aylandi.

Milliy gvardiyada bo‘linmalarning jangovar va maxsus tayyorgarligiga, tizimli ravishda zamonaviy qurol-aslaha va anjomlar, ilg‘or harbiy texnikalar bilan taʼminlab borilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Fidoyi gvardiyachilarimiz Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarini bajarishda bor kuch-g‘ayratini safarbar etib, mamlakatimizda o‘tkazilgan nufuzli siyosiy tadbirlar, davlat bayramlarida xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, ishonchli qo‘riqlovni taʼminlash, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ular orasida sportni yana-da ommalashtirish kabi ishlarda faol qatnashib, oliyjanob Xalqimiz ishonchini qozonmoqdalar.

Albatta, bunday sharafli xizmatimizda bizni qo‘llab quvvatlab turgan aziz ota-onalarimiz, oila aʼzolarimizning o‘rni beqiyos.

Hurmatli safdoshlar!

Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining kamtarona mehnatlari Davlatimiz rahbari tomonidan eʼtirof etilib, kuni kecha 9 nafar gvardiyachilar “Do‘stlik” ordeni, “Jasorat”, “Sog‘lom turmush”, “Sodiq xizmatlari uchun”, “Shuhrat” medallari bilan taqdirlandilar.

Bunday yutuqlar Muxtaram Prezidentimizning Milliy gvardiyaga bildirgan yuksak ishonchlaridan dalolat bo‘lib, bizlarni o‘z xizmat burchimizga yana-da sadoqatli bo‘lishga chorlaydi.

Biz bundan keyin ham bo‘linmalarning jangovar shayligini yuqori darajada ushlab turish, jamoat tartibini saqlash, jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulkini ishonchli qo‘riqlash, yuksak salohiyatli harbiy kadrlarni tayyorlash hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarimizni jadallashtirishimiz.

Shuni ishonch bilan ayta olamanki, Sizlar, doimo harbiy burchga va qasamyodga sodiq qolgan holda Yangi O‘zbekistonimizni va Xalqimizni har qanday tahdidlardan ishonchli va mardonavor himoya qilasiz.

Sizlarni va oila aʼzolaringizni yana bir bor Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy tabriklayman!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-totuvlik, Vatanni himoya qilishdek sharafli xizmatingizda kuch-quvvat va zafarlar tilayman!

Hurmat bilan! 

Milliy gvardiya qo‘mondoni

general mayor R.M.Djurayev

Text to speech