Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining bir yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi

2023-yil 1-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etilganining bir yilligi munosabati bilan “Huquqni muhofaza qilish sohasida yuridik taʼlim va fan: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni R. Djurayev o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Humo arena binosida bo‘lib o‘tdi va unda Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R. Djurayev o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etib, Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” degan ezgu va muqaddas g‘oyani to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, mamlakatimizda qonun ustuvorligini, adolat muqarrar ekanligini taʼminlash masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotganiga alohida urg‘u berdi.

Shuningdek yangilangan konstitutsiyamizda inson huquq va manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida belgilanib, “inson-jamiyat-davlat” tamoyilini amaliyotga joriy etishning huquqiy kafolatlari yaratilgani yodga olindi. 

Bu esa avvalo so‘nggi yillarda aholining huquqiy va siyosiy madaniyati tubdan oshgani, xalqimiz orasida yurtimizning yorqin kelajagiga, barqaror taraqqiyotga ishonch hisi yana-da kuchayganligi bilan bog‘liqligi aytilib, qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda insonlar tinch va farovon hayot kechirib, ertangi orzu-umidlari ro‘yobi sari ildam harakat qilishganiga davlatchilik tarixi guvohligi aytib o‘tildi.

Yangi O‘zbekistonda “Qonun ustuvor, jazo muqarrar” degan g‘oyani keng targ‘ib etishda yuridik fan va taʼlimning o‘rni va ahamiyati nechog‘lik yuqori ekanligi va bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish muhim ahamiyat kasb etishi yuzasidan qator misollar keltirildi. 

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 28 noyabrdagi tarixiy farmonlari asosida Bosh prokuratura akademiyasi negizida Huquqni muhofaza qilish akademiyasining tashkil etilishi, muassasaga taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomining berilishi ham maqsadli islohotlarning amaliy ifodasi ekanligi taʼkidlandi.

Shu vaqtga qadar O‘zbekistonda tergovchilarni tayyorlash va ularning kasbiy malakalarini oshirish bo‘yicha yagona markazlashtirilgan tizim mavjud bo‘lmaganligi aytilib, Akademiya tashkil etilishi bilan mazkur masala to‘laqonli o‘z yechimini topib, zamon talablari va xalqaro standartlar asosida surishtiruv hamda tergov idoralari uchun jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz oshirib borishning yangi va samarali tizimi yaratilib, Taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari, xususan Jamoat xavfsizligi universiteti bilan yaqin munosabatlar o‘rnatilgani va uning ahamiyatiga tavsif berildi.

Milliy gvardiya qo‘mondoni fursatdan foydalanib, akademiya tashkil etilganligining bir yillik bayrami bilan barcha xodim va xizmatchilarni, ularning oila aʼzolarini samimiy tabriklab, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qiladigan mard, jasur va vatanparvar kadrlarni tayyorlash yo‘lida muvaffaqiyatlar tiladi.

Text to speech