Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” hamda Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilariga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizda joylashgan Milliy gvardiya Temurbeklar maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur tantanali tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzolari, shahar hokimligi, harbiy prokuratura va hamkor vazirliklar mutasaddi rahbarlari, faxriylar va bitiruvchilarning yaqinlari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar o‘tgan qisqa davr ichida Milliy gvardiya tizimidagi uzluksiz taʼlimni rivojlantirish, oliy va o‘rta maxsus taʼlim sifatini yana-da yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilganligi, buning amaliy natijasini “Temurbeklar maktabi” misolida ham ko‘rish mumkinligini alohida taʼkidlab, bitiruvchilarning kelajakda buyuk sarkarda Amir Temur vorisi nomiga munosib, malakali mutaxassis sifatida shakllanishlariga hamda Yangi O‘zbekistonning mustahkam qanotlariga aylanishlariga ishonch bildirishdi.

Shundan so‘ng, “Temurbeklar maktabi”ning 110 nafar bitiruvchilariga, shundan, 11 nafar o‘g‘longa imtiyozli diplom va “Aʼlochi o‘quvchi” ko‘krak nishoni topshirilgan bo‘lsa, Harbiy musiqa akademik litseyining 30 nafar bitiruvchisiga diplom va ko‘krak nishonlari va ulardan 5 nafar o‘g‘il qizlarga imtiyozli diplomlar tantanali ravishda taqdim etildi

Ko‘tarinki ruhda davom etgan tadbirning badiiy qismida Harbiy musiqa akademik litseyi o‘quvchilaring “Zarbli cholg‘ular ansambli” defile chiqishlari hamda “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilarining qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari namoyish etildi.

Bugungi marosim nafaqat bitiruvchilar uchun balki ularni katta hayajon bilan kuzatayotgan yaqinlari va ota-onalari uchun ham unutilmas kun bo‘ldi.

Tadbir yakunida bitiruvchilar tomonidan baralla hamda jo‘r ovozlikda ijro etilgan Milliy gvardiya qo‘shig‘i esa ularning qalbida jo‘sh urayotgan vatanparvarlik hisini namoyon etdi va o‘z navbatida tadbir ishtirokchilarida ham katta taassurot qoldirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Text to speech