Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

O‘zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 31 yilligiga bag‘ishlangan "O‘zbekiston – barchamiz uchun yagona Vatan, yagona qalbdir!" shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona shahri markaziy ko‘chalari bo‘ylab orkestr sadolari ostida harakatlangan davlat ramzlari tushirilgan moto va avtomobillaridan iborat avtokarvon, Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi kavaleriya eskadroni harbiy xizmatchilari yurtdoshlarimiz qalbida iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

Shuningdek, Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyi hiyobonida ko‘ngilochar konsert dasturi ham yig‘ilganlar eʼtiboriga havola qilindi.

Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar, Davlat gerbining nafaqat davlat ramzi, balki millat iftixori sifatidagi yuksak ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

Bayram tadbirida vatan, tinchlikni madh etuvchi qo‘shiqlar yangradi.

Text to speech