Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasining 2024 yil sarhisobi hamda 2025 yil uchun ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Tadbir oldidan Qo‘l jangi federatsiyasining Maʼmuriy binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshida qurib foydalanishga topshirilgan mazkur bino endilikda O‘zbekiston hamda Osiyo Qo‘l jangi federatsiyasi rahbariyatining faoliyat olib borishlari uchun mo‘ljallangan Markaz sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, Xalqaro hamkorlik uchrashuvlari, murabbiy va hakamlarning barcha yig‘inlari ushbu markazda tashkil etiladi.

Foydalanishga topshirilgan Qo‘l jangi federatsiyasi binosining majlislar zalida ilk bor o‘tkazilgan yig‘ilish esa Federatsiyaning 2024 yil sarhisobi hamda 2025 yil uchun ustuvor vazifalariga bag‘ishlandi. Mazkur yig‘ilish O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘l jangi federatsiyasi raisi-Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida o‘tkazildi.  

Tahliliy va tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan videoselektor tarzidagi yig‘ilishda Sport vazirining o‘rinbosari Sh.Maxmudov, Qo‘l jangi federatsiyasi hamda Milliy gvardiya mutasaddi rahbarlari, federatsiyaning tarkibiy va hududiy bo‘linma boshliqlari, murabbiylar hamda taklif qilingan sohaga oid mutasaddilar ishtirok etishdi.  

Federatsiya raisi kirish so‘zida, Davlatimiz rahbarining “Qo‘l jangi sport turini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi 2022 yil 20 iyundagi 287-son Qarori bilan, yurtimizda “Qo‘l jangi” sport turini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ushbu sport turini yoshlar orasida ommalashtirish borasida keng eshiklar ochib berish bilan birga, muhim vazifalar belgilab berilganligi va uning amaliy ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan so‘z yuritdi.

Xususan, o‘tgan 2024 yilda Sportchilarimizni muntazam shug‘ullanishlari uchun munosib sharoit yaratish maqsadida Milliy gvardiya Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshida barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan Sport zal qurib foydalanishga topshirilganligi, bugun esa mazkur Sport markazining o‘zida Federatsiya maʼmuriy binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tganligi taʼkidlandi.

Bu kabi ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida ham amalga oshirilib Qoʻl jangi sport bazalari hozirda oʻz faoliyatini yuritib kelayotganligi, shuningdek, Qoʻl jangi sport turini yoshlar oʻrtasida ommalashtirish, ularni sportga jalb qilish chora-tadbirlari natijasida mazkur sport turi seksiyalari soni 284 tadan 400 taga yetkazilgani, ularda esa bugungi kunda 30 mingdan ziyod professional, havaskor va yosh sportchilar shugʻullanib kelayotganiga alohida urgʻu berildi.

Qoʻl jangi sport turiga qiziqish nafaqat Oʻzbekistonimizda balki Osiyo davlatlarida ham ortib borayotganligi taʼkidlanib, Davlatimiz rahbarining qoʻllab-quvvatlashlari natijasida bizning tashabbusimiz bilan Osiyo davlatlarining qoʻl jangchilarini birlashtirish maqsadida oʻtgan yili “Osiyo Qoʻl jangi federatsiyasi” tashkil etilganligi va uning birinchi yigʻilishida 30 ga yaqin Osiyo davlatlaridan vakillar ishtirok etganligi, unda Osiyo federatsiyasiga rais etib Oʻzbekiston qoʻl jangi federatsiyasi raisi oʻrinbosari B.Mirzaqulov  saylanganligi yodga olindi. 

Oʻtgan yil davomida federatsiya tomonidan yoshlar va oʻsmirlar, kattalar hamda professional sportchilar oʻrtasida Respublika va Xalqaro musobaqalar tashkil etilganligi, shuningdek Qirgʻizistonning Bishkek shahrida, Qozogʻistonning Astana shahrida, Rossiya Federatsiyasining Moskva shaharlarida oʻtkazilgan musobaqalarda qoʻl jangchilarimiz yuqori natijalarni qayd etib umumjamoa hisobida faqat birinchi oʻrinni egallaganliklari faxr bilan tilga olindi.

 Federatsiya raisi R.Djurayev soʻzi yakunida, soha rivojiga katta eʼtibor qaratib, sportchilarga munosib shart-sharoit yaratib berayotganliklari uchun Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat Bojxona qoʻmitasi hamda Sport vazirligi rahbarlariga, shuningdek, viloyatlar hokimlariga, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

 Yigʻilishda, federatsiya tomonidan 2024 yil davomida erishilgan yutuqlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga alohida toʻxtalinib, viloyatlar kesimida tanqidiy koʻrib chiqildi va muhokama qilindi. Mazkur yoʻnalishda federatsiya raisining birinchi oʻrinbosari B.Soatov, federatsiya raisi oʻrinbosari B.Mirzaqulov hamda kun tartibiga kiritilgan (Xorazm, Qashqadaryo,Sirdaryo va Toshkent viloyatlari) ijrochi direktorlarning maʼruza va axborotlari tinglandi.

Shuningdek, Sport vazirining oʻrinbosari SH.Maxmudov ham soʻzga chiqib, Federatsiya tomonidan oʻtgan yilda amalga oshirilgan ulkan ishlar hamda yigʻilishda muxokama qilingan masalalar yuzasidan oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

Shu qatorda, Qoʻl jangini tizimli ravishda rivojlantirib kelayotgan hududiy federatsiyalar faoliyati, xususan namuna sifatida, Andijon viloyati ijrochi direktori R.Karimovning tajribalari tinglandi.

Shundan soʻng Sport vazirining buyrugʻi bilan, mamlakatimizda yosh avlodning intelektual va maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida sogʻlom va barkamol etib voyaga yetkazishga qoʻshgan hissasi, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdagi xizmatlari uchun, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Qoʻl jangi federatsiyasi Jizzax viloyati boʻlimi ijrochi direktori – Osiyo Qoʻl jangi federatsiyasi Hakamlar Hayʼati rasining birinchi oʻrinbosari H.Irgashev hamda Qoʻl jangi federatsiyasi Qoraqalpogʻiston respublikasi boʻlimi rahbari YE.Tixоnovlarga “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak-nishonlari topshirildi. Shuningdek, Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi oʻqib eshittirilib, unga koʻra bir guruh fidoiy rahbarlar va murabbiylar munosib rahbatlantirildi.

 Yigʻilish yakunida federatsiya raisi tomonidan joriy yilda oldimizda turgan muhim ustuvor vazifalar sanab oʻtildi. Eng asosiysi joriy yilda har bir viloyat federatsiyalari, Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda, tuman markazlari va chekka hududlardagi maktablarda ham sport seksiyalarini tashkil etib, yoshlarni ayniqsa oʻquvchilarni jalb etgan holda “Qoʻl jangi” sport turini yanada rivojlantirish muhim masala sifatida qayd etildi. Buning natijasida yosh va istiqbolli professional sportchilarimiz yetishib chiqib jahon arenalarida bayrogʻimiz doimo yuqori koʻtarilishiga ishonch bildirildi.

Bu kabi muhim vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va ijrosi qatʼiy nazoratga olinishi boʻyicha tegishli vazifalar belgilanib, mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.

 

 

Text to speech